Uzfonemayzer
Yo'riqnomalar

Fe'llarda urg'u qoidalari

O'zbek tili fe'llarida leksik urg'u qo'yish qoidalari

Tub va -la bilan yasalgan fe'llar

Belgi: ` — leksik urg'u. Misollar fonemalar ketma-ketligi ko'rinishida berilgan.

Qoida 1

Fe'l o'zagi yopiq bo'g'inga teng kelsa

Leksik urg'u shu bo'g'inda bo'ladi

CVC tarkibli otlardan -la yasovchisi bilan fe'l yasalganda ham leksik urg'u ot o'zakning o'zida saqlanadi. Yasovchi affiksga urg'u tushmaydi.

Tarkib: CVC + moqVCC + moqCVC + la
B ` O' L M O Q bo'lmoq` A Y T M O Q aytmoqS ` O' Z L A M O Q so'zlamoqG ` U L L A M O Q gullamoq
Qoida 2 · Istisno

ishlamoq, qishlamoq fe'llari

Bu fe'llarda i unlisi va sh undoshi reduksiyaga uchragani sabab cho'ziq talaffuz etilmaydi.

Urg'u ikkinchi bo'g'inga tushadi

Tarkib: VC + la
I SH L ` A M O Q ishlamoqQ I SH L ` A M O Q qishlamoq
Qoida 3

VCV va ikki bo'g'inli CVCV tarkibli fe'llar

Leksik urg'u doim birinchi bo'g'inda bo'ladi, chunki bunday fe'llarning keyingi bo'g'ini tor unli artikulyatsiyaga ega

Tarkib: VCVCVCV
` O' Q I M O Q o'qimoqT ` O' Q I M O Q to'qimoqCH ` O' Q I M O Q cho'qimoq

Urg'u olmaydigan qo'shimchalar

Qoida 4

Tub fe'llarga 2-shaxs ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda

Leksik urg'u 2-bo'g'inga ko'chmaydi

Tarkib: CVC + ing (II shaxs ko'plik)
T ` U R I NG turingK ` E L I NG keling
Qoida 5

Nisbat qo'shimchalari: -in, -il, -ish, -it, -iz, -ir

Tub fe'llardan keyin qo'shiladigan nisbat qo'shimchalariga leksik urg'u tushmaydi

Tarkib: CVC + ish + diCVC + in + diCVC + it + dimVC + izCVC + ir
B ` O' L I SH D I bo'lishdiT ` A Q I N D I taqindi` A CH I T D I M achitdim` O Q I Z oqizCH ` A Q I R chaqir
Qoida 6

Ochiq bo'g'indan iborat tub fe'llar -di zamon ko'rsatkichini olganda

Leksik urg'u o'zakda saqlanadi, ya'ni birinchi bo'g'inda qoladi

Tarkib: CV + di
Y ` E D I yediD ` E D I dedi
Qoida 7

Ravishdoshning -(i)b qo'shimchasi

Fe'lning xoslangan shakli — ravishdoshlarning -(i)b qo'shimchasi urg'u olmaydi.

Urg'u ravishdosh qo'shimchasidan oldingi bo'g'inga tushadi

Tarkib: VC + ibCVC + ibCVCV + ish + ib
` O' L I B o'libCH ` I Q I B chiqibQ A R ` A SH I B qarashib
Qoida 8

Harakat nomi qo'shimchasi tub fe'lga qo'shilganda

Leksik urg'u qo'shimchaga ko'chmaydi, birinchi bo'g'inning o'zida beriladi

Tarkib: VC + ishCVC + ishCVCV + sh
` O' S I SH o'sishB ` O' L I SH bo'lishQ A R ` A SH qarash

Ikki bo'g'inli fe'llar

Qoida 9

Ikki bo'g'inli fe'lning ikkala bo'g'ini ham yopiq bo'lsa

Urg'u tarkibida keng unli bor bo'g'inga tushadi

Tarkib: CVCVC + moqCVCCVC + moq
B O' Z ` A R M O Q bo'zarmoqB ` O' Y S U N M O Q bo'ysunmoq
Qoida 10

O'tgan zamon, shaxs-son qo'shimchalaridan oldin a unlisi kelsa

Ikki bo'g'inli fe'llarda urg'u a unlisi bor bo'g'inga tushadi

Tarkib: CVCV + sin
Q A R ` A S I N qarasin

Urg'u oladigan qo'shimchalar

Qoida 11

-la yasovchisi -(i)sh harakat nomi bilan kelganda

Urg'u -la qo'shimchasiga tushadi

Tarkib: VC + la + sh
I SH L ` A SH D I ishlashdi
Qoida 12

-(u)v qo'shimchasi bilan yasalgan harakat nomlari

Fe'llarning xoslangan shakli o'zbek tilida o'ziga xos xarakterga ega.

-(u)v qo'shimchasi urg'uni doim o'zida saqlaydi

Tarkib: VCV + uvCVC + sat + uv
O' Q ` U V o'quvK O' R S A T ` U V ko'rsatuv
Qoida 13

-gan, -(a)r qo'shimchalari bilan yasalgan sifatdoshlar

Sifatdosh ko'rsatkichi doim urg'u oladi

Tarkib: VCV + ganCVC + ar
O' Q I G ` A N o'qiganY O N ` A R yonar

Qo'shma fe'llar

Qoida 14

Ot + fe'l tarkibli qo'shma fe'llar

Har ikki qismning o'z urg'u qoidasiga tayaniladi

  • Ot uchun: birinchi bo'g'ini ochiq va keng unli bo'lsa, leksik urg'u birinchi bo'g'inga tushadi.
  • Fe'l uchun: fe'l o'zagi yopiq bo'g'inga teng kelsa, leksik urg'u shu bo'g'inda bo'ladi.
Tarkib: Ot + fe'l
` A D A P _ B ` E R M O Q adab bermoq
Qoida 15

Sifat + fe'l tarkibli qo'shma fe'llar

Har ikki qismning o'z urg'u qoidasiga tayaniladi

Qoida 16

Son + fe'l tarkibli qo'shma fe'llar

Har ikki qismning o'z urg'u qoidasiga tayaniladi

Taqlid so'zlardan yasalgan fe'llar

Fe'l taqlidiy yoki tasviriy so'zdan yasalgan bo'lsa, urg'u qo'shimchaga qarab belgilanadi.

Qoida 17

Asos + -la/-lla + zamon/shaxs qo'shimchasi

Urg'u -la/-lla dan oldingi bo'g'inga tushadi

Tarkib: CVCV + lla + di
SH O VL ` U L L A D I sho-VUL-la-diZ I R ` I L L A D I zi-RIL-la-di
Qoida 18

Asos + -lash + zamon/shaxs qo'shimchasi

Urg'u -lash bo'g'iniga tushadi

Tarkib: CVCV + llash + di
SH O VL U L L ` A SH D I sho-vul-LASH-diZ I R I L L ` A SH D I zi-ril-LASH-di
Qoida 19

Asos + -lay (-la + y) istak shakli

Urg'u -lay bo'g'iniga tushadi

Tarkib: CVCVC + la + y
SH I V I R L ` A Y shi-vir-LAY

Ko'p bo'g'inli fe'llar

Qoida 20 · Qaror daraxti
Fe'l yasamami, tubmi?
-la bilan yasalgan
Asosga tayaniladi

Asos sifat bo'lsa, sifat qoidasiga tayaniladi

-la bilan yasalmagan
Urg'u so'z yasovchiga tushadi

Bundan tashqari, cho'ziq keng unliga ham qaraladi.

Ko'makchi va yordamchi fe'llar

Fe'l ko'makchi va yordamchi fe'l bilan kelganda yordamchi fe'l ham, ko'makchi fe'l ham leksik urg'u olmaydi.
Qoidalarni amalda ko'ringLug'atdagi so'zlarning urg'uli transkripsiyasi
Lug'atga o'tish