Transkripsiya yo'riqnomasi

So'zlarni orfoepik lug'atga aylantirish uchun qo'llanma

I — lablanmagan, til o'rta, o'rta keng

So'zning yopiq bo'g'inlarida juda qisqa talaffuz etiladi:

biz B I Z
siz S I Z
chin CH I N
mis M I S

Ikki jarangsiz undosh orasida ham qisqa aytiladi:

Jarangsiz undoshlar: P, F, T, S, SH, CH, K, Q, X, H
pichan P I CH A N
sipoh S I P O H
pishiq P I SH I Q
kishi K I SH I

Shuningdek so'z oxirida lablanmagan til o'rta, o'rta keng I tarzida talaffuz etiladi:

keldi K E L D I
yozdi Y O Z D I
ezdi E Z D I

II — lablanmagan til oldi tor

So'zning ochiq va urg'uli bo'g'inlarida hamda y tovushidan oldin va keyin kelsa, cho'ziqroq talaffuz qilinadi:

loyiha L O Y II H A
keyin K E Y II N
mayin M A Y II N

O'zlashtirilgan so'zlar boshida:

ijod II J O T
ip II P

Arabcha-forscha, ba'zi so'zlarda, ruscha so'zlarning urg'uli bo'g'inlarida kelgan II unlisi cho'ziqroq talaffuz etiladi:

din D II N
tir T II R
lirika L II : R II KX A
tanqid T A N Q II T
targ'ib T A R G' II P

Ochiq bo'g'inda, jarangli tovush yonida va so'zning keyingi bo'g'inida cho'ziqroq talaffuz qilinadi:

musiqa M U S II Q A
tashabbus T A SH A B B U S
zuhra Z U H R A

Ikki va undan ortiq bo'g'inli so'zlarda, so'zning birinchi va ikkinchi yopiq bo'g'inlarida, undosh tovushlar orasida kelgan e qisqa I unlisiga; ochiq bo'g'inlarida esa II unlisiga moyil aytiladi:

adres A D R I S
telefon T II L II F O' N

mo'jiza, mo'tadil, mo'tabar, mo'jaz so'zlarida cho'ziq aytiladi:

mo'jiza M O' J II Z A
mo'tadil M O' T A D I L
mo'tabar M O' T A B A R

o unlisi ruscha so'zlarning urg'uli bo'g'inlarida o' singari aytiladi:

tonna T O' N N A
opera O' P E R A
nota N O' T A

Ammo so'zning urg'usiz bo'g'inlarida bu unli a ga moyil talaffuz etiladi:

motor M A T O' R
obzor A B Z O' R
kompyuter KX A M P Y U T I R

So'zning oxirgi yopiq bo'g'inidagi t, r, s, r undoshlari orasida o unlisi qisqa tor I tarzida aytiladi:

traktor T R A KX T I R
redaktor R E D A KX T I R
sensor S E N S I R

Arab va tojik tillaridan kirgan so'zlarda o cho'ziq aytiladi:

obod O B O T
ojiz O J I S
ovoz O VL O S
ozoda O Z O D A

Yonma-yon kelgan unlilar talaffuzi

oa birikmasida o: cho'ziq talaffuz etiladi:

jamoat J A M O : A T
shijoat SH II J O : A T
sanoat S A N O : A T

aa birga kelgan so'zlarda cho'ziq aytiladi:

mudofaa M U D O F A :
murojaat M U R O J A : T

ae birga kelgan so'zlarda e unlisi y undoshi bilan almashib aytiladi:

aeraport A Y R A P O' R T
aeradrom A Y R A D R O' M

oi / ai / ui yonma-yon kelganda y undoshi ortib talaffuz qilinadi:

doir D O Y II R
said S A Y II T

ia / io yonma-yon kelganda ham y undoshi ortib talaffuz qilinadi:

diagramma D II Y A G R A M M A
pioner P II Y A N E R

ea / eo yonma-yon kelganda ham y undoshi ortib talaffuz qilinadi:

teatr T II Y A T R
geometriya G II Y A M E T R II Y A

Undoshlar talaffuzi

Lab undoshi b so'z oxirida jarangsizlanib p tarzida talaffuz qilinadi:

kitob K I T O P
So'z oxirida unli tovushdan keyin, jarangsiz tovushlardan oldin kelgan v undoshi lab-lab FL bo'lib aytiladi
aktiv A KX T II FL
yunusov Y U N U S I FL
So'z o'rtasinda jarangsiz tovushlardan oldin kelgan v undoshi lab-tish F tarzida aytiladi
avtomobil A F T A M A B II L
avtobus A F T O' B U S
o, u, o' undoshlaridan oldin kelsa lab-lab FL yoziladi
futura FL U T U R A
forum FL O' R U M
foyda FL O Y D A

VL — so'z oxirida lab-lab undoshi:

maqtov M A Q T O VL
saylov S A Y L O VL
vodiy VL O D II Y
vujud VL U J U T

Til oldi jarangli d undoshi so'z oxirida jarangsizlashib t tarzida aytiladi:

madad M A D A T
daromad D A R O M A T
shogird SH O G I R T
Jarangli d undoshi affikslarda ham jarangsizlashadi. Masalan: ketdi, chiqdi, otdan

f — so'z oxirida kelganda lab-lab FL undoshi aytiladi:

Yusuf Y U S U FL
lof L O FL

t undoshi + -cha affiks = ch ga aylanadi:

yigitcha Y II G I CH CH A
adabiyotchi A D A B I Y O CH CH I

z + s affiks = s ga aylanadi:

yozsa Y O S S A
tuzsiz T U S S I Z

Ko'p bo'g'inli so'zlar oxirida k → egalik qo'shilsa g ga aylanadi:

chelak CH E L A G I
etak E T A G I

g + gk k tarzida talaffuz etiladi:

eggan E K K A N
teggan T E K K A N

J — o'zbekcha so'zlarda, DJ — o'zlashma (ruscha) so'zlarda:

jiyda J II : Y D A
joy J O Y
jirafa DJ II R A F A
jurnal DJ U R N A LX

L — o'zbekcha so'zlarda, LX — o'zlashma (ruscha) so'zlarda:

lola LO L A
lupa LX U : P A
lizing LX II : Z II NG

K — o'zbekcha so'zlarda, KX — o'zlashma (ruscha) so'zlarda:

kerak K E R A K
kiyim K II Y II M
komanda KX A M A N D A
kompaniya KX A M P A N II : Y A

So'z oxirida kelgan G undoshi K yoziladi:

pedagog P E D A G O' KX
pirog P II R O' KX