Loyiha haqida
Uzfonemayzer: o'zbek tili uchun avtomatik fonetik transkripsiya tizimi
📋 Loyiha haqida umumiy ma'lumot
👩🔬 Loyiha rahbari
Maxmudjonova Gulshaxnoz Ulug'bek qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
👥 Loyiha faol ishtirokchilari
-
•
Munavvarxon Abdulxayeva — Toshkent amaliy fanlar universiteti
-
•
Gulshoda Jumaboyeva — Andijon davlat universiteti
-
•
Shahnoza Mansurova — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
-
•
Mohizar Ergasheva — Toshkent amaliy fanlar universiteti
🎯 Tadqiqotning dolzarbligi
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda, tabiiy tilni qayta ishlash, sun'iy intellektga asoslangan ovozli yordamchi tizimlar keng qo'llanilmoqda. Bu jarayonda fonetik transkripsiya texnologiyasi muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, o'zbek tilining fonetik xususiyatlariga mos avtomatik transkripsiya tizimlar yo'qligi uni dolzarb yo'nalishga aylantiradi.
"Uzfonemayzer" loyihasi o'zbek tilining tovush tizimini aniq transkripsiyalovchi, nutqni yozuvga yaqinlashtiruvchi, fonetik tahlilni osonlashtiruvchi muhim vositadir.
🔬 Tadqiqot obyekti va predmeti
Obyekt: O'zbek tilidagi grafema va fonemalar, O'zbek tili lug'atlari
Predmet: O'zbek tilidagi matnlarni avtomatik tarzda fonetik transkripsiyaga aylantiruvchi algoritm, grafema-fonema konversiyasining lingvistik asoslari, urg'u va orfoepik me'yorni formal belgilash hamda fonetik teglash modellari.
🏆 Tadqiqotning maqsadi
O'zbek tilidagi matnlarni fonetik transkripsiya qilish imkonini beruvchi avtomatik fonetik konvertor (G2P model) yaratishdan iborat. Loyiha davomida neyron model ishlab chiqiladi, testlar va akustik sinovlar o'tkaziladi. Model ochiq manba sifatida taqdim etiladi.
📊 Kutilayotgan ilmiy natijalar
- Xalqaro fonetik alifbo (IPA) asosida standartlashtirilgan fonema inventari
- Grafemalarni fonemalarga aylantirish uchun fonetik-lingvistik qoidalar tizimi
- O'zbek tilining fonetik xususiyatlarini qamrab oluvchi maxsus annotatsiyalangan korpus
- O'zbek tili uchun nazariy va dasturiy asosga ega G2P modeli
📄 Ilmiy maqolalar
Loyiha doirasida nashr etilgan ilmiy maqolalar: